6 Aprel 2026

Tashkent FinTech International Forum biznes nonushtasi sanalari e’lon qilindi

Toshkent FinTech xalqaro forumi tashkiliy qo‘mitasi Markaziy Osiyo FinTech assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda quyidagi mavzuda biznes nonushta o‘tkazadi:

Toshkent FinTech xalqaro forumi tashkiliy qo‘mitasi Markaziy Osiyo FinTech assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda quyidagi mavzuda biznes nonushta o‘tkazadi:
"O‘zbekiston Markaziy Osiyoda innovatsion xab sifatida: istiqbollar va amaliy qadamlar."


Tadbir ushbu vaqtda bo‘lib o‘tadi:
📅 2026-yil 28-aprel
🕘 09:30-12:30
📍 InterContinental Tashkent, Samarqand Hall


Tadbir "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish va O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy fintech markazi sifatida rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi.
Biznes-nonushta davomida tashkilotchilar 2026-yil 12-14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Toshkent FinTech xalqaro forumining konsepsiyasi va biznes-dasturini taqdim etadilar hamda forumning asosiy mavzulari va xalqaro kun tartibini muhokama qiladilar.
Tadbirda quyidagilar ishtirok etadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili (TBA);
  • Otabek Nosirov - Markaziy Osiyo fintex assotsiatsiyasi raisi;
  • Rustam Munasipov - Forum tashkiliy qo‘mitasi raisi;
  • Yelena Melnikova - "MAXIFORUM" boshqaruvchi direktori va asoschisi.

Biznes nonushta yopiq formatda o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar soni cheklangan.
Ishtirok etish uchun oldindan akkreditatsiya qilish talab etiladi.
Siz 2026-yil 20-aprelgacha forum tashkiliy qo‘mitasiga fintechforum@fintechforum.uz elektron manziliga ariza yuborish orqali ishtirokingizni tasdiqlashingiz va akkreditatsiya olishingiz mumkin.