26 Mart 2026

Toshkent FinTech xalqaro forumiga oldindan ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Tashkiliy qo‘mita 2026-yil 12-14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Toshkent FinTech xalqaro forumiga oldindan ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.

Tashkiliy qo‘mita 2026-yil 12-14-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Toshkent FinTech xalqaro forumiga oldindan ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.
Forum 20 dan ortiq mamlakatdan 6000 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtiradi va moliyaviy texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot kelajagini muhokama qilish uchun asosiy mintaqaviy platformaga aylanadi.
Forumda ishtirok etish quyidagilar uchun qiziqarli bo‘ladi:
• banklar va moliya institutlari;
• fintex kompaniyalar
• IT va texnologiya kompaniyalari
• investitsiya hamjamiyati;
• davlat organlari va regulyatorlar
Oldindan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokchilar forumga tayyorgarlik bo‘yicha dolzarb yangiliklarni, shuningdek, asosiy ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga ustuvor kirishni olishadi.
Ushbu havola orqali o‘tib, ishtirok etish uchun ariza topshirishingiz mumkin